AsosiyJamiyat

Forishda uch nafar egizak dunyoga keldi (foto)

'Forishda uch nafar egizak dunyoga keldi (foto)'ning rasmi

Jizzax viloyatining Forish tumanigi “Oqtom” mahallasida yashovchi Qayumovlar oilasida uch nafar egizak qizaloqlar dunyoga keldi. Ularga yaxshi niyatlar bilan Fotima, Zuhra va Zaxro deb ism qo`yishdi. Bu haqda viloyat hokimligi saytida xabar berildi.

Chaqaloqlarning Onasi Matluba Qayumova muntazam shifokorlar ko`rigida bo`lib, sog`lom turmush tarziga rioya qilganligi sababli farzandlarini sog`lom dunyoga keltirdi. Egizaklarning barchasi sog`lom, shunday bo`lsa-da, ular shifokorlar nazoratida.

    Boshqa yangiliklar