O`zbekiston Xotin-qizlar qo`mitasi tomonidan mamlakatimizda xotin-qizlarga aloqador bir qancha masalalar, bu borada amalga oshirilayotgan ishlar muhokamasiga bag`ishlangan matbuot anjumani tashkil etildi. Bu haqda O`zA xabar bermoqda.
Matbuot anjumanida bosh vazir o`rinbosari, Xotin-qizlar qo`mitasi raisi Tanzila Norboeva ma`ruzasida mamlakatda qonuniy nikohdan o`tmasdan, faqat shar`iy nikoh bilan yashayotganlar borasida to`xtalib o`tdi:
«Bilamizki, bunday nikohlar qonunchiligimizda noqonuniy nikoh hisoblanadi va yurtimizda 12 mingdan ortiq oila qonunan nikohdan o`tmasdan yashab kelayotgani aniqlandi. Shundan mahalla va O`zbekiston Xotin-qizlar qo`mitasi aralashuvi bilan 5152 ta oila nikohi qonuniylashtirildi».






