Joriy yil 28 iyulga o`tar kechasi Toshkent shahrida olib borilgan tungi patrullash tadbirlari vaqtida 8 nafar ayol fohishalik bilan shug`ullanishda gumonlanib, qo`lga olingan. Bu haqda IIBB matbuot xizmati ma`lum qilmoqda.
Aniqlanishicha, ularning bari avval ham Ma`muriy javobgarlik to`g`risidagi kodeksning 190-moddasi (fohishalik bilan shug`ullanish) bilan javobgarlikka tortilgan.
Tadbir davomida ayollarning shaxsi, turar joyi va ro`yxatdan o`tgan manzili aniqlangan hamda ular tibbiy ko`rikdan o`tkazilgan.
Bundan tashqari, engil tabiatli ayollar bilan suhbatlar o`tkazilib, bu yo`lga kirib qolishlariga sabab bo`lgan omillar va ularni qiynab kelayotgan muammolari o`rganilgan.