Navoiyda daromadli ish haqidagi yolg`onlarga ishonib, Turkiyaga fohishalikka olib ketilayotgan 4 nafar qiz huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan to`xtatib qolindi. Bu haqda «Yoshlar» telekanalining «Davr» informasion dasturida xabar berildi.
Toshkent viloyati Ohangaron shahrida ro`yxatda turgan, Turkiyaning Istanbul shahrida yashab, ishlab yurgan D.H. Navoiyda istiqomat qiluvchi 4 qizga qo`ng`iroq qilib, ularga Turkiyada ish topib berishni va`da beradi.
Ayollarga o`z hisobidan elektron chipta jo`natgan D.H.ning maqsadi aniq edi. Biroq uning rejasidan xabar topgan tegishli idora xodimlari uning bu qing`ir ishiga chek qo`yishdi.
"O`zim xohlamagandim bu ishni qilishni, faqat anchadan buyon bu erda ishsiz bo`lib yurganim uchun uning gaplariga uchdim, mo`may pul berishiga ishondim. Pulga uchganim uchun juda ham pushaymonman", - deydi qizlardan biri.
Ayni paytda tergov surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
08.08.2022, 10:18
Farg`onada daraxtlar ommaviy qirg`in qilinmoqda, deya yozmoqda deputat Rasul Kusherbaev.Deputatga kelgan murojaatga ko`ra, Farg`ona viloyati, O`zbekiston tumani, Qir ketmon mahallasida qimmatbaho daraxtlar ommaviy qirg`in qilinmoqda....06.08.2022, 10:30
Toshkent shahrining Yangihayot tumanidagi Chortoq mahallasi hududida chiqindi bilan bog`liq yana bir holat aniqlandi. Bu haqda Toshkent shahar Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi axborot...05.08.2022, 12:03
Senatning 29-yalpi majlisida Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi direktori Akmal Burxonov O`zbekistonda korrupsiyaga qarshi kurashish to`g`risidagi milliy ma`ruzasi bahs-munozaraga aylanib ketdi.Agentlik rahbarining so`zlariga ko`ra, korrupsiyaga oid...04.08.2022, 12:34
Ijtimoiy tarmoqlarda Kitob tumanidagi viloyat 2-asab-ruhiy kasalliklar dispanserida ayrim bemorlar erda uxlashayotgani aks etgan video tarqaldi.Mazkur murojaat yuzasidan Qashqadaryo viloyati sog`liqni saqlash boshqarmasi axborot xizmati...