Bugun ayni paytda Xalqaro press klubning navbatdagi sessiyasida “O`zavtosanoat” AJ boshqaruvi raisi Shavkat Bo`ronovich Umurzoqov ishtirok etmoqda, deb xabar berdi O`zA.
“O`zavtosanoat” AJ boshqaruvi raisi 1 avgustdan tizimda ishlab chiqarilayotgan mashinalar narxi rasman oshishi haqida ma`lumot berdi.
Uning so`zlariga ko`ra, avtomobillar narxi o`rtacha 14 foizga oshiriladi.