1

60 yoshni qoralagan fuqaro xonadonida giyohvandlik o`simligini o`stirayotgani aniqlandi

Jinoyat 30.07.2018, 12:08
60 yoshni qoralagan fuqaro xonadonida giyohvandlik o`simligini o`stirayotgani aniqlandi

Samarqand viloyati bojxonachilari ichki ishlar xodimlari bilan hamkorlikda Samarqand tumani “Yangiobod” MFYda yashovchi 60 yoshni qoralagan fuqaro xonadonida xolislar ishtirokida tezkor-qidiruv tadbiri o`tkazildi.

Unda xizmat iti yordamida xonadondan yashil rangli, o`tkir hidli, ho`l holdagi sof og`irligi 2 kilogramm 68 gramni tashkil etuvchi “kannabis” giyohvandlik o`simligi va quruq holda o`ziga xos o`tkir hidli umumiy sof og`irligi 77,94 gramm “marixuana”giyohvandlik vositasi borligi aniqlandi.

Dastlabki surishtiruv jarayonida ma`lum bo`lishicha, fuqaro M.M. “ajal” urug`larini bahor oylarida o`zi yashash xonadoniga ekib, parvarish qilganligi ma`lum bo`ldi. Tadbirga jalb etilgan mutaxassislar ham ushbu giyohvandlik o`simliklari maxsus parvarish qilinganini tasdiqladi.

Davlat bojxona qo`mitasi axborot xizmati xabariga ko`ra, hozirda ushbu holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1