1

Buxoroda mehmonxonasini fohishaxonaga aylantirgan ayolning qilmishlari oshkor bo`ldi

Jinoyat 31.07.2018, 16:58
Buxoroda mehmonxonasini fohishaxonaga aylantirgan ayolning qilmishlari oshkor bo`ldi

Buxoro viloyati ichki ishlar boshqarmasining tezkor xodimlari tomonidan o`tkazilgan tadbirlar davomida o`zining mehmonxonasini fohishaxonaga aylantirgan 51 yoshli ayol qo`lga olindi. Bu haqda Buxoro viloyati IIB axborot xizmati xabar bermoqda.

Tadbir davomida Buxoro shahar Sallaxona ko`chasi 8-uyda yashovchi 1967 yilda tug`ilgan, “Umid travel” mehmonxonasining rahbari Muhabbat Jo`raeva tekin boylik orttirish maqsadida ushbu mehmonxonaning 1-xonasida Jondor tumanida yashovchi fuqarolar o`zaro jinsiy yaqinlikda bo`lishlari uchun alohida joy va sharoit yaratib bergan. Buning evaziga fuqarolardan 150 000 so`m naqd olib fohishaxona tashkil qilganligi aniqlandi.

Mazkur holat yuzasidan M.Jo`raevaga nisbatan O`zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 131-moddasi (fohishaxona saqlash yoki qo`shmachilik qilish) 2-qismi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgan.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1