Toshkent viloyatining Ohangaron shahrida 31 iyul kuni jiddiy yo`l-transport hodisasi ro`y berdi. Bu haqda O`zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabar bermoqda.
Jizzax viloyatida yashovchi M.E. boshqaruvidagi «Isuzu» rusumli yuk avtomashinasini «Guliston-Bo`ka-Angren-Qo`qon-Andijon-O`sh» yo`lining 137-km.da haydab ketayotib, yo`lning o`rta qismidan ortga qayrilayotgan vaqtida, orqasidan harakatlanib kelayotgan I.Yu. boshqaruvidagi «Neksiya» rusumli avtomashinasi unga urilgan.
Natijada «Neksiya» avtomashinasi haydovchisi I.Yu. va uning uch nafar yo`lovchisi tan jarohati olib, voqea joyida vafot etganlar. Yana bir nafar yo`lovchisi X.R. tan jarohatlari bilan kasalxonaga yotqizilgan.






