AsosiyJamiyat

GM Uzbekistan mashinalari narxlari oshirilmaydigan bo`ldi

'GM Uzbekistan mashinalari narxlari oshirilmaydigan bo`ldi'ning rasmi

GM Uzbekistan ishlab chiqargan avtomobillar narxi 1 avgustdan oshirilmaydi. Bu haqda «O`zavtosanoat» matbuot xizmati xabar berdi.

«GM Uzbekistan avtomobillari narxi o`zgartirilgani yo`q. Xalqaro press-klubning 30 iyul kuni bo`lib o`tgan sessiyasida muhokama qilingan narx masalasi, ushbu masalaning ijobiy va salbiy jihatlarini hisobga olgan holda, hozirgi vaqtda tegishli tashkilotlar va ekspertlar bilan hamkorlikda har tomonlama o`rganilmoqda», - deyiladi «O`zavtosanoat» bayonotida.

«O`zavtosanoat» axborotiga ko`ra, ijtimoiy tarmoqlarda tarqatilgan avtomobillarning yangi narxlari va prays-listlari haqidagi ma`lumotlar haqiqatga mos kelmaydi.

Eslatib o`tamiz, oldinroq narxlar o`rtacha 14 foizgacha oshirilishi haqida xabar berilgandi.

    Boshqa yangiliklar