Madinada hojilarni tashiydigan avtobus halokatga uchradi. Oxu.Az nashrining xabar berishicha, avtobus engil mashina bilan to`qnashib ketgan. Transport hodisasi oqibatida ikkala haydovchi ham vafot etgan.
To`qnashuv qum bo`roni sabab kelib chiqgan. YTH oqibatida avtobus va avtomobilda yong`in kelib chiqqan.
Lekin, avtobus eshiklari avtomatik ravishda ochilgach, yo`lovchilar tezda tushib ketishga ulgurishgan va hech kimga zarar etmagan.






