AQSh hukumati Eron yadro dasturi bo`yicha barbod bo`lgan kelishuvlardan so`ng Eronga qarshi yangi sanksiyalarni qo`llashga qaror qilgan, deb xabar berdi Mixstuff nashri.
AQSh Eronga qarshi sanksiyalarni to`liq amalga oshirish niyatida. Rasmiy Oq uy bergan ma`lumotlarda Donald Tramp Tehron bilan savdo munosabatlarida cheklovlar joriy etish va Eron hukumatiga dollarni sotish bo`yicha taqiq qo`yish to`g`risidagi qarorni imzolagan. Qo`shma shtatlar prezidenti tomonidan imzolangan mazkur sanksiyalar paketi 5 punktdan iborat bo`lib, ularning 2 tasi bir necha kun ichida ishga tushiriladi. Qolgan qismi 5 noyabrga qadar ishga tushadi, deya xabar qilmoqda Oq uy. Bu holat Eron iqtisodi va sanoatiga katta zarar keltirishi mumkin.






