Xitoylik etikdo`z Kan Venke mamlakatda 1912 yilga qadar hukmronlik qilgan Sin imperiyasiga oid poyabzallarni yana urfga kiritishga harakat qilmoqda, deya xabar bermoqda Ren.tv nashri.
U imperatorlar hamda ularning a`yonlari kiygan oyoq kiyimlarini shakliga o`zgartirish kiritmagan holda qo`l mehnati yordamida yaratmoqda. Uning ishlash jarayoni ham o`sha davr hunarmandlariniki kabidir. Hozirda mamlakatda bu poyabzallar tobora ommalashib bormoqda.Uning narxi 73 dollar.






