AsosiyDunyo

Tarkibida o`zbekistonliklar ham bo`lgan GTA to`dasining 4 a`zosiga hukm chiqarildi

'Tarkibida o`zbekistonliklar ham bo`lgan GTA to`dasining 4 a`zosiga hukm chiqarildi'ning rasmi

Moskva oblasti sudi «GTA to`dasining» to`rt nafar a`zosini umrbod qamoq jazosiga hukm qildi, beshinchisi esa yigirma yillik qattiq tartibdagi koloniyaga mahkum etildi. Bu haqda RIA Novosti xabar bermoqda.

Avvalroq, Rossiyada davlat ayblovi GTA to`dasi ishi bo`yicha sudlanuvchilarga 25 yildan umrbod ozodlikdan mahrum etishgacha bo`lgan jazoni so`ragandi.

Moskva oblastida 2012-2014 yillarda harakat qilgan jinoiy guruhga OAV GTA to`dasi nomini berdi. Bu mashhur kompyuter o`yiniga o`xshashdir. To`daga Markaziy Osiyo davlatlaridan kamida 15 shaxs kirgan (Qirg`iziston, Tojikiston, O`zbekiston).

Prokuratura ma`lumotiga ko`ra, guruh Moskva mintaqasi hududida 15ta qurollangan hujum uyushtirgan bo`lib, bu 17 kishining qotilligiga aloqadordir hamda yana ikki shaxs hayotiga suiqasd qilingan.

    Boshqa yangiliklar