1

188 mingdan ortiq ruxsatnomasiz ziyoratchilar Makkaga kiritilmadi

Dunyo 10.08.2018, 11:06
188 mingdan ortiq ruxsatnomasiz ziyoratchilar Makkaga kiritilmadi

Saudiya Arabistoni hukumati Haj mavsumida ziyoratchilarning xavfsizligini ta`minlash, ziyoratchilarga qulayliklar yaratish, ziyorat paytida haddan ortiq tirbandlik holatini oldini olish maqsadida mamlakatda yashovchi va xorijdan ruxsatnomasiz Makka shahriga kirmoqchi bo`lgan shaxs va mashinalarni nazorat qiladi.

Bugun, 9 avgust kuni Haj xavfsizlik kuchlari qo`mondonligining xabar berishiga qaraganda 188 464 nafar ziyoratchilar Makka shahriga kiritilmagan. Buning asosiy sababi sifatida ularda Haj ruxsatnomasining yo`qligi ekani qayd etilgan, deb yozmoqda O`MI Matbuot xizmati.

Saudi Press Agency (SPA)ning ma`lum qilishicha, Makka shahriga kirish va chiqish qattiq nazoratga olingan. Shaharga 12 ta nazorat punkti orqali kirish yo`lga qo`yilgan.

Makka shahriga faqatgina Haj ruxsatnomasiga ega ziyoratchilar va Haj mavsumiga ishlashga ruxsat berilgan shaxslargina kiritiladi.

Ushbu qoidalarni buzgan shaxslar 2,6 ming AQSh dollari miqdoridagi jarimaga tortilishi ma`lum qilingan.

Ma`lumot uchun, 2017 yilda Haj qilish uchun 2,35 million ziyoratchi Makka shahriga kelgan bo`lib, shundan 1,75 million nafarini xorijliklar tashkil etgan.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1