1

Shvesiyadagi qamoqxonada saqlanayotgan Oqilov mahbus hujumiga uchradi

Dunyo 10.08.2018, 12:02
Shvesiyadagi qamoqxonada saqlanayotgan Oqilov mahbus hujumiga uchradi

Stokgolmdagi terakt haqidagi ish bo`yicha umrbod qamoq jazosiga hukm qilingan O`zbekiston fuqarosi Rahmat Oqilovga turmada mahbuslardan biri hujum qildi, deb yozadi Sputnik.

Hodisa o`tgan haftada xavfsizlik darajasi yuqori bo`lgan Kumla qamoqxonasida yuz bergan. Oqilovga noqonuniy tarzda qurol saqlagani uchun to`rt yilga qamalgan 24 yoshli mahbus hujum qilgan. U Oqilov saqlanayotgan kameraga kirgan va eshikni ichidan berkitib olgan.

Shundan so`ng ichkaridan baqir-chaqir va zarba tovushlari eshitilgan. Soqchilarning ko`rsatma berishlaricha, ular ichkariga kirishganida mahbus erda yotgan Oqilovga zarba berayotgan bo`lgan. Voqea yuzasidan surishtiruv ishlari boshlandi. Hujum qilgan mahbus izolyasiya bo`limiga joylashtirilgan.

Eslatib o`tamiz, 2017 yil 7 aprelda Stokgolm markazidagi yo`lovchilar yuradigan ko`chalarning birida yuk mashinasi odamlar ustiga qarab bostirib borgan. U 500 metrdan ziyod masofani bosib o`tgach, Åhlens savdo markazi binosiga borib urilgan. Besh kishi halok bo`lgan, 15 kishi turli darajadagi jarohatlarni olgan. Stokgolm hukumati ro`y bergan voqeani terakt deb tan olgan.

Teraktni sodir etganlikda O`zbekiston fuqarosi Rahmat Oqilov ayblangan.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1