AsosiyDunyo

Rassom ko`zidagi “chuvalchanglar” tufayli mashhur bo`ldi

'Rassom ko`zidagi “chuvalchanglar” tufayli mashhur bo`ldi'ning rasmi

Rassom Ben Teylorning mashhur bo`lishiga “ko`z chuvalchangi” sababchi bo`ldi, deb xabar bermoqda Segodnya.ua nashri.

Sayohatni xush ko`ruvchi rassom Ben Teylor Markaziy Afrikaga qilgan safarlaridan birida Loa Loa yoxud “ko`z chuvalchangi”ni orttirib oladi. Sayohatdan qaytganidan olti oy o`tib, rassomning peshona sohasida qattiq og`riq paydo bo`ladi. Avvalboshda o`zi ham, davolovchi shifokori ham nima bo`layotgani bilisholmaydi.

Kunlardan bir kuni Ben uyqudan uyg`onib dahshatga tushadi. Oynaga qaragan Ben ko`zlari qizarib oq-sarg`ish ipga o`xshash narsani ko`radi. Qo`lini ko`ziga tekkizib turganda esa haligi narsa qimirlaydi. Ma`lumki, “ko`z chuvalchangi” to`qimalar orqali odam organizmida harakatlanadi va ertami-kechmi odamning ko`ziga etib boradi. Natijada esa peshona, ko`z sohasida qattiq og`riq, qizarish, achishish paydo bo`ladi.

Bir haftalik davolanish operasiyalaridan so`ng Ben batamom tuzaladi. Ana shundan so`nggina u ilhom parisi qaerdan kelganini anglaydi. Gap shundaki, Ben ko`zidagi parazitni payqashidan avval o`zining achinarli holati aks eks etgan eskizlarni chizgan edi. Rassom inson ko`zida chuvalchangga o`xshash g`alati naqshlar solgandi. Tuzalgach, Ben eskizlarni oxiriga etkazib, g`aroyib suratlar hosil qiladi.

Rassom ushbu suratlarini Internet tarmog`iga joylagach, AQSh kasalliklarni nazorat qilish va profilaktikasi markazidan qo`ng`iroq qilishib, uning kartinalaridan “Yangi infeksion kasalliklar” jurnali muqavasi yuzi uchun foydalanishga ruxsat so`rashadi.

Ana shunaqa, omad kutilmaganda keladi.

    Boshqa yangiliklar