Lamborghini kompaniyasi o`zining Facebook sahifasida Aventador kupesining yangi suratlarini e`lon qildi, deya xabar qilmoqda news.day.az nashri.
Yangi baquvvat va o`ta tezyurar Lamborghini “aqldan ozdirar” deya fikr bildirilmoqda.
Lamborghini Aventador SVJning o`zga xos xususiyatlaridan biri uning yangilangan faol aerodinamika sistemasidir.
Yangi Lamborjini 770 ot kuchiga ega.
Bugungi kunga kelib tezlik borasida Lamborghini Aventador SVJ o`zining “raqib”lari Porsche 911 GT2 RSni ikki soniyaga, Nio EP9ni esa bir soniyaga ortda qoldirgan.