AsosiyDunyo

Mitti qizaloq Internet orqali 350 dollarga o`yinchoqlar sotib olmoqchi bo`ldi

'Mitti qizaloq Internet orqali 350 dollarga o`yinchoqlar sotib olmoqchi bo`ldi  'ning rasmi

AQShning Yuta shtatida bir qizaloq beruxsat ravishda Internet orqali o`yinchoq sotib olish uchun yuzlab dollarlar sarfladi, deb xabar qilmoqda Buzzfeed News nashri.

Olti yoshli Keytlin (Caitlin) onasi Amazoninternet-do`kon orqali qizchaning tug`ilgan kuni uchun Barbi qo`g`irchog`ini sotib olishga ruxsat bergan. Kattalarning chalg`ishi oqibatida kompyuter oldida yolg`iz qolgan qizcha internetga yana buyurtmalar bergan.

Ertasi kuni Amazonning furgoni kelib buyurtmalarni uyga olib kira boshlagandagina qizchaning onasi hammasidan xabardor bo`lgan. Keytlin 350 dollarlik buyurtma bergan ekan.

Shundan so`ng qizaloqqa internetdan foydalanish uch oyga man qilindi, buyurtmalar esa do`konga qaytarildi.

    Boshqa yangiliklar