Turkmaniston poytaxti Ashxobod sartaroshxonalarida erkaklarning sochlarini bo`yash man etildi, deya xabar berdi Lenta.ru nashri.
Ma`lum qilinishicha, shahar prokuraturasi xodimlaridan biri sartaroshxonalardan biriga kelgan va sartaroshxona boshlig`i prokuraturaga alohida chaqirilgan. Suhbat mavzusi erkaklar, o`smirlar va bolalarning sochini bo`yash taqiqlanishi haqida bo`lgan. Ammo bu borada hech qanday yozma yoki rasmiy buyruq bo`lmagan.
Hozirda Ashxobodning bir necha sartaroshxonalari va go`zallik salonlarida erkaklarning sochini bo`yash taqiqlanmoqda.






