Xitoyning Anxa provinsiyasida istiqomat qiluvchi bir ota qizini davolatish uchun qalbaki pul yasovchiga aylandi, deya xabar qilmoqda South China Morning Post nashri.
26 yoshli ota katta-katta xaridlarni amalga oshirayotganda qo`lga tushgan. Ma`lum bo`lishicha, erkak ishsiz bo`lgan, ustiga ustak, uning qizi qattiq kasal bo`lgan. Shu bois u qalbaki pul yasash texnologiyasini yaratib, peshona teri qilmasdan pul topish yo`liga o`tgan.
Tintuv jarayonida erkakning uyidan 240 ming yuan qalbaki pullar topilgan.
Qalbaki pul yasovchi qo`lga olingan, yasama pullar esa musodara qilingan.






