«O`zbekiston temir yo`llari» AJ tadbirkorlarga (yuk egalari) yana bir qulaylik yaratilganligini ma`lum qildi.
Ya`ni, davlatlararo va yurtimizdagi ichki yo`nalishlarda harakat tarkibining turi va uning maqbul yo`nalishlarini tanlash, xarajat (tarif)lari, etkazib berish muddatlari va qo`shimcha temir yo`l xizmatlari to`g`risida maslahat berish bo`yicha yangi interfaol xizmat turini taqdim etildi.
Yangi xizmatdan foydalanish uchun, dushanba – juma kunlari soat 09:00dan 18:00gacha (99871) 238-87-92 raqamiga telefon qilish yoki consulting@railway.uz elektron manziliga kechayu kunduz murojaat etish mumkin.
Mazkur xizmat test rejimi davrida bepul taqdim etiladi.






