Google korporasiya matbuot xizmatida aytilishicha, “Turgan joy tarixi” servisi o`chirilgan bo`lsa ham xizmat faolligicha qolaverar ekan, deya xabar qildi 5-tv.ru nashri.
Google o`z foydalanuvchilarini kuzatishini tan oldi. Garchi smartfonlarda geolokasiya o`chirilgan bo`lsa-da, qurilma o`z sohiblari haqida axborot yig`adi va “Qidiruv” va “Xaritalar” ilovalari orqali kompaniya serveriga ushbu axbootlarni jo`natadi.
Avvalroq Google vakillari ushbu bayonot yolg`on ekanligini e`lon qilishgan edi. Endilikda ular foydalanuvchilar haqida axbrot yig`ishga haqlari borligini bildirishmoqda.






