AsosiyJamiyat

Ayrim abiturientlar hamon bino ichkarisigacha shpargarkalar olib kirishni uddalashmoqda

'Ayrim abiturientlar hamon bino ichkarisigacha shpargarkalar olib kirishni uddalashmoqda'ning rasmi

Respublika oliy ta`lim muassasalarining sirtqi ta`lim shakliga kirish test sinovlarining uchinchi kuni 14 ta oliy ta`lim muassasasining 59 ta ta`lim yo`nalishida o`tkazildi. Bosh vazir o`rinbosari Aziz Abduhakimovning facebook‘dagi sahifasida berilgan ma`lumotga qaraganda sinovlarda 19 ming 272 nafar abiturient ishtirok etdi, turli sabablarga ko`ra 1 419 nafar abiturient test sinovlariga kelmadi.

Test sinovlari tartib qoidalarini buzganligi sababli 42 nafar abiturient, shundan 19 nafari hududga kirish joyida uyali telefon, shpargalkalar olib kirishga va o`zgani o`rniga kirishga uringanligi uchun, 23 nafari bino ichida shpargalkadan foydalanishga va boshqa abiturientlarga yordam berishga uringanligi uchun test sinovlaridan chetlashtirildi.

Test natijalari Qoraqalpog`iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridan Feldegerlik xizmati tomonidan maxfiyligi va daxlsizligini ta`minlagan holda Davlat test markaziga 18.30 dan qaytarish boshlandi. So`nggi materiallar Xorazmdan kechasi 1:30da etib keladi.

19 avgust kuni o`tkazilgan test natijalari 20 avgustda kunning ikkinchi yarmida Davlat test markazining dtm.uz saytida e`lon qilinadi.

Ta`kidlash joizki, sirtqi ta`lim shakliga o`tkazilayotgan sinovlarda ham jarayon UzdigitalTV va mahalliy telekanallar orqali hamda test2018.uz Internet saytida onlayn ko`rinishida to`g`ridan-to`g`ri yoritib borilmoqda.

    Boshqa yangiliklar