AsosiyDunyo

Xitoy mehmonxonasi yonishi oqibatida 19 kishi halok bo`ldi

'Xitoy mehmonxonasi yonishi oqibatida 19 kishi halok bo`ldi'ning rasmi

Xitoyning shimoli-sharqidagi Xarbin shahrida joylashgan mehmonxonada yong`in kelib chiqdi, deya xabar berdi Segodnya nashri.

Yaqindagina ochilgan mehmonxona binosining pastki qavatida ro`y bergan alanga qisqa fursatda yuqori qismini ham qamrab olgan. Fojia oqibatida 19 kishi halok bo`lgani ma`lum qilinmoqda. Yong`in haqida xabar kelib tushgach, ichkaridagi odamlar tashqariga olib chiqilgan. O`nlab o`t o`chirish xodimlari olov bilan kurashib, uni bartaraf etishga muvaffaq bo`lishdi. Voqeaning yuz berish sabablari hozircha noma`lum. Holat yuzasidan tergov ishlari olib boriladi.

    Boshqa yangiliklar