AsosiyJamiyat

Emomali Rahmon Sherali Jo`raevga Tojikiston xalq artisti unvonini berdi

'Emomali Rahmon Sherali Jo`raevga Tojikiston xalq artisti unvonini berdi'ning rasmi

Tojikiston Respublikasi Prezidenti Emomali Rahmon O`zbekiston Respublikasi mustaqilligining 27 yilligi munosabati bilan O`zbekistonning bir guruh davlat arboblari, ilm-fan, ta`lim va san`at vakillariga davlat mukofotlarini topshirdi. Bu haqda Tojikiston Prezidenti matbuot xizmati xabar bermoqda.

Taqdirlash marosimi bugun Dushanbeda bo`lib o`tdi. Taqdirlanganlar maxsus reys bilan bilan Tojikistonga tashrif buyurdilar. Mukofotlarni Tojikiston Respublikasi Prezidenti Emomali Rahmon shaxsan o`zi topshirdi.

Marosimda Sherali Jo`raevga madaniy aloqalarni mustahkamlash yo`lidagi xizmatlari uchun Tojikiston xalq artisti unvoni berildi.

Shuningdek, «Ustoz-shogird maktabi» o`zbek milliy maqom san`ati bo`limi xodimi Mavluda Halilovaga ham shunday yuksak unvon topshirildi.

Boshqa yangiliklar