«O`zavtosanoat» AJ ma`lum qilishicha, 2018 yilning 24 dan 28 avgustga qadar «GM Uzbekistan» AJ tomonidan 12 437 ta shartnomalar rasmiylashtirildi va undan tashqari haridorlar tomonidan 1333 tasi rad etildi (shundan, 385 tasi Damas, 430 tasi Neksiya va 100 tasi Malibu avtomobillari).
Shu bilan birga, ko`ngilsiz holatlar, ya`ni avtomobilga bo`lgan «sun`iy» navbatlarni va ular bo`yicha «defisit»ni vujudga keltirish holatlari xam kuzatildi. Bu omillar bo`yicha kelgusida ularni kelib chiqishini bartaraf etish maqsadida tekshiruv o`tkazilmoqda.
Haridorlar manfaatini ko`zlab navbatda turishning shaffofligini ta`minlash uchun kompaniya tomonidan avtomobillarga elektron ariza berish va shartnomani rasmiylashtirish tizimi qayta ko`rib chiqilmoqda. Yaqin kunlarda shu masalaga ta`luqli ma`lumotlar taqdim etiladi.
Dilerlik markazlarida noqonuniy ishlar sodir etilsa va haridorlardan qo`shimcha xaq so`rab zo`ravonlik qilinsa darhol (+99871) 141 77 77 telefon raqami orqali Call-sentrga murojaat qilishingizni so`raymiz. Bunda sizning murojaatingiz bo`yicha tezkor echim topiladi. Barcha noqonuniy hatti-harakatlar alohida nazoratga olingan.






