AsosiyJamiyat

Sog`liqni saqlash tizimida yana bir tayinlov

'Sog`liqni saqlash tizimida yana bir tayinlov'ning rasmi

Shahnoza Alimdjanovna Zufarova Respublika aholi reproduktiv salomatlik markazi direktori etib tayinladi. Bu haqda sog`liqni saqlash vazirligi axborot xizmati хаbar berdi.

Unga markaz faoliyatini qayta ko`rib chiqib, rivojlantirish strategiyasini ishlab chiqish, yangi, innovasion reproduktiv texnologiyalarni amaliyotga keng joriy etish, hududiy vertikal tizimi faoliyatini yanada takomillashtirish, birlamchi tibbiyot yo`nalishi va ixtisoslashtirilgan tibbiyot markazlari bilan integrasiyalashuvini ta`minlash, ixtisoslashtirilgan ginekologik yordamni aholiga yanada yaqinlashtirish, reproduktiv salomatlikni mustahkamlash singari muhim vazifalar yuklatildi.

Bundan tashqari, u aholi tibbiy madaniyatini oshirishva tibbiy xizmat sifatini yaxshilash, zamonaviy hamda xalqaro talablarga javob beradigan eng ilg`or diagnostika va davolash standartlarini amaliyotga joriy etib, xorijiy davlatlardagi tibbiyot muassasalari bilan samarali hamkorlikni yo`lga qo`yish kabi yo`nalishlarga ham mas`ul etib belgilandi.

Tibbiyot fanlari doktori Shaxnoza Zufarova bugunga qadar Toshkent pediatriya tibbiyot instituti akusherlik va ginekologiya, bolalar ginekologiyasi kafedrasi dosentilavozimida faoliyat ko`rsatib kelayotgan edi.

    Boshqa yangiliklar