Toshkent shahar hokimiyati poytaxtda amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari doirasida aholiga berish uchun ko`p qavatli turar joylarda xonadonlar sotib olishni taklif qildi. Toshkent shahar hokimiyatining Facebook’dagi sahifasida bu haqda tegishli video e`lon joylashtirildi.
Turar joy bilan shug`ullanuvchi korxonalar o`z takliflarini Toshkent shahar hokimiyatiga yozma holda info@toshkent.uz elektron manzili orqali yuborishlari mumkin.
Turar joylarga qo`yilgan talablar:
- xonadon yangi qurilgan bo`lishi kerak;
- kirib yashash uchun tayyor holda bo`lishi kerak;
- muhandislik tizimlariga ulangan bo`lishi kerak;
- qiymati 1 kv. metrga 3 million 200 ming so`mdan oshmasligi kerak.






