AsosiyJamiyat

Xalqaro maqom anjumani qatnashchilari Shahrisabzga "Afrosiyob"da borishadi

'Xalqaro maqom anjumani qatnashchilari Shahrisabzga "Afrosiyob"da borishadi'ning rasmi

Mutaxassislar tomonidan Qarshi-Kitob yo`nalishida ilk bor "Afrosiyob" zamonaviy eletropoezdi harakatlantirildi.

Texnik sinovlar muvaffaqiyatli o`tkazildi va 30 avgust kuni foydalanishga topshirildi . Qashqadaryo viloyatiga qatnovchi "Afrosiyob" poezdi Qarshi shahri orqali Shahrisabzga etib keldi. Mazkur loyihaning hayotga tadbiq etilishi yurtimiz aholisi hamda sayyohlar uchun Mustaqilligimizning 27 yilligi arafasida munosib tuhfa bo`ldi.

Qarshi-Kitob temir yo`l liniyasini modernizasiya qilish va elektrlashtirish loyihasi to`liq nihoyasiga etkazildi. "O`zbekiston temir yo`llari" AJning tajribali mutaxassislari umumiy uzunligi qariyib 124 kilometrdan iborat bo`lgan mazkur loyihaning qisqa muddatda, sifatli qilib amalga oshirishdi.

E`tiborlisi, 94 kilometr masofani tashkil etuvchi "Toshguzar-Kitob" liniyasi to`liq elektlashtirilib, yuqori tezlikda harakatlanuvchi poezdlar qatnovi uchun moslashtirildi.

Ma`lumki, joriy yilning 6-10 sentyabr kunlari Shahrisabzda I Xalqaro maqom san`ati anjumani bo`lib o`tadi. Xalqaro tadbir qatnashchilari endi bu tadbirga "Afrosiyob" poezdida kelishlari mumkin bo`ladi.

8ea8856f-76f7-4cd1-a1e1-2f88cba38ae0.jpg

721fa6ef-4940-4fab-bac8-3edfcba47795.jpg

72067a7d-65aa-4319-ab64-10e923bb9531.jpg

a78abaf8-d62b-430a-bfe6-7862fb8b1da6.jpg

adbe4324-8d76-4b4e-b89a-85c021734855.jpg

de16e4a9-ac1c-4dcd-832e-cc625d2cf4e4.jpg

f085e7b9-1b0c-4418-b963-da1e36631d26.jpg

Boshqa yangiliklar