AsosiyJamiyat

O`zbekistonliklar bayram munosabati bilan necha kun dam oladi?

'O`zbekistonliklar bayram munosabati bilan necha kun dam oladi?'ning rasmi

Ertaga dam olish kuni. 5 kun ishlaydiganlar uchun ketma-ket 5 kun, 6 kunliklar uchun ketma-ket 3 kun dam olish kunlari boshlanadi, deb yozmoqda Xushnudbek Xudoyberdiev.

Qayd etilishicha, haftasiga 5 kun ishlovchi xodimlarga quyidagi kunlar dam olish kuni hisoblanadi (5 kun ketma-ket):

31 avgust – qo`shimcha dam olish kuni;

1 sentyabr – Mustaqillik bayrami;

2 sentyabr – yakshanba;

3 sentyabr – ko`chirilgan dam olish kuni;

4 sentyabr – ko`chirilgan dam olish kuni.

Izoh: 8 va 15 sentyabr – shanba kunlari haftasiga 5 kun ishlovchilar uchun rasman ish kuni bo`ladi.

Haftasiga 6 kun ishlovchi xodimlarga quyidagi kunlar dam olish kuni hisoblanadi (3 kun ketma-ket):

31 avgust – qo`shimcha dam olish kuni;

1 sentyabr – Mustaqillik bayrami;

2 sentyabr – yakshanba.

Izoh: 3 va 4 sentyabr (dushanba-seshanba) kunlari haftasiga 6 kun ishlovchi xodimlar uchun ish kuni bo`ladi.

    Boshqa yangiliklar