AsosiyJamiyat

Chet el fuqarolari va fuqaroligi bo`lmagan shaxslarni viloyatlarda doimiy propiska qilish tartibi tasdiqlandi

'Chet el fuqarolari va fuqaroligi bo`lmagan shaxslarni viloyatlarda doimiy propiska qilish tartibi tasdiqlandi'ning rasmi

Chet el fuqarolari va fuqaroligi bo`lmagan shaxslarni doimiy va vaqtincha propiska qilish tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari to`g`risidagi Prezident qarori qabul qilindi. Bu haqda Adliya vazirligining "Huquqiy axborot" kanali xabar berdi.

Qarorga muvofiq, Qoraqalpog`iston Respublikasi va viloyatlarda (Toshkent viloyatidan tashqari) boshqa davlatlardan kelgan va doimiy propiska qilinish huquqiga ega bo`lgan shaxslar – chet el fuqarolari va fuqaroligi bo`lmagan shaxslar toifalari ro`yxati tasdiqlandi.

Endilikda chet el fuqarolari va fuqaroligi bo`lmagan shaxslarni doimiy propiska qilish quyidagi ro`yxat asosida amalga oshiriladi:

  • qonun hujjatlariga muvofiq sotib olingan uy-joyga ega bo`lgan chet el davlatlarning fuqarolari va fuqaroligi bo`lmagan shaxslar – xususiy mulk qilib olingan uy-joyga;
  • qarindoshlar – mazkur Ro`yxat kuchga kirgunga qadar o`zlarining to`g`ri shajara bo`yicha birinchi va ikkinchi darajadagi qarindoshlari doimiy propiska qilingan uy-joy maydoniga;
  • er (xotin) – xotini (eri) doimiy propiska qilingan uy-joy maydoniga, basharti kamida besh yil birgalikda yashayotgan bo`lsa;
  • vasiylik va homiylikdagi shaxslar – vasiy (homiy) doimiy propiska qilingan uy-joy maydoniga;
  • ota-onasi bo`lmagan voyaga etmagan tug`ishgan aka-uka va opa-singillar – o`zlarining tug`ishgan aka-uka yoki opa-singillari doimiy propiska qilingan uy-joy maydoniga;
  • davlat tashkilotlariga ishga taklif etiladigan mutaxassislar tegishli organ yoki tashkilot rahbarining iltimosnomasiga ko`ra, shuningdek, ularning oila a`zolari (eri, xotini, shuningdek, ularning o`z oilasi bo`lmagan farzandlari) – mazkur shaxslar lavozimda turadigan davrga;
  • O`zbekistonda tug`ilgan yoki ilgari doimiy propiska qilingan chet el fuqarolari va fuqaroligi bo`lmagan shaxslar – doimiy yashash uchun Qoraqalpog`iston Respublikasi va viloyatlarga (Toshkent viloyatidan tashqari) qaytib kelganida.

    Boshqa yangiliklar