Poytaxtning "Farhod", "Mirobod" dehqon bozorlarida 1 kg. pomidor 3000 so`mdan 7000 so`mgacha sotilayotgan bo`lsa, "Qo`yliq" dehqon bozoridan ushbu mahsulotni 2000 so`mdan, "Yunusobod" dehqon bozoridan esa 1500 so`mdan xarid qilish mumkin.
O`zbekiston iste`molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federasiyasi Qoraqalpog`iston Respublikasi, viloyatlar hamda Toshkent shahri markaziy bozorlarida sotilayotgan (oziq-ovqat, nooziq ovqat va qishloq xo`jalik) mahsulotlar narxlarini o`rganishni davom etadi, deb yozmoqda O`zA.
Mamlakat bozorlaridagi oziq-ovqat, nooziq ovqat va qishloq xo`jaligi mahsulotlarining 2018 yil 26 avgust holatidagi narxlari.
Mol go`shti
26 000 so`mdan 42 000 so`mgacha
Mamlakatimiz bozorlarida 1 kg. mol go`shti 26 ming so`mdan 42 ming so`mgacha bo`lgan narxlarda sotilmoqda. Eng arzon narxlar o`tgan haftalarda kuzatilganidek, Qoraqalpog`iston Respublikasi bozorlarida uchratish mumkin – 26 ming so`m.
Nukus shahar Markaziy dehqon bozorida 1 kg. mol go`shti 26-40 ming so`m. O`tgan haftada ushbu bozorda 1 kg. mol go`shti 26-39,5 ming so`mdan sotilayotgani kuzatilgandi.
Toshkent shahrining "Farhod", "Mirobod", "Yunusobod", "Chorsu", "Qo`yliq" dehqon bozorlarida 1 kg. mol go`shti 28 ming so`mdan 40 ming so`mgacha sotilmoqda. O`tgan haftada eng qimmat narxlardagi mol go`shti faqat "Qo`yliq" bozorida (43 ming so`m) sotilgan bo`lsa, bu haftada ushbu bozorda go`sht narxi ancha arzonlashganini kuzatish mumkin – 28-38 ming so`m.
"Mirobod" bozorida – 28-37 ming, "Yunusobod" bozorida 28-36 ming, "Farhod" bozorida 28-40 ming, "Chorsu" bozorida 28-38 ming so`mgachaga sotilmoqda.
Qo`y go`shti
31 000 so`mdan 43 000 so`mgacha
Eng arzon narxlardagi qo`y go`shti – poytaxtning "Mirobod", "Chorsu" bozorlarida – 28 ming so`m. Eng qimmati ham Toshkent shahar bozorida – 1 kg. qo`y go`shti “Farhod” bozorida 43 ming so`m.
Tovuq go`shti
11 000 so`mdan 19 000 so`mgacha
Eng arzon tovuq go`shti Urganch shahar Markaziy dehqon bozorida – 11 ming so`m. Eng qimmat narxda ushbu mahsulot Farg`ona markaziy dehqon bozorida sotilmoqda – 19 ming so`m. Umuman olganda, mamlakat bozorida 1 kg. tovuq go`shti o`rtacha 14-16 ming so`mdan iste`molchilarga etkazib berilmoqda.
Guruch
4 000 so`mdan 13 000 so`mgacha
Respublika bozorlarida guruchni 4-13 ming so`mgacha uchratish mumkin. "Qo`yliq" dehqon bozoridagi eng qimmat narxdagi guruch bu haftada ham saqlanib qolgan – 13 ming so`m. Eng arzon guruch Termiz shahar Markaziy dehqon bozorida – 3500 so`m. "Qo`yliq" dehqon bozoridagi 13 ming so`mlik guruch ushbu bozorda 11 ming so`mdan sotilmoqda.
O`simlik yog`i
8000 so`mdan 12 000 so`mgacha
Mamlakatimiz bozorlarida 1 kg. o`simlik yog`i 8-12 ming so`mdan sotilmoqda. Ushbu mahsulotning eng qimmati Nukus hamda Urganch shahar Markaziy dehqon bozorlarida – 12 ming. Eng arzon narxlarni Termiz shahar Markaziy dehqon bozorida – 8 ming so`m.
Un
2500 so`mdan 4 000 so`mgacha
Eng arzon narx Qarshi shahri "Erqo`rg`on" dehqon bozorida kuzatildi – 1 kg. 1-navli un 2500 so`m. O`tgan haftada ushbu bozorda un 1500 so`mdan sotilgan edi. Bu esa mazkur bozorda unning qimmatlashganini ko`rsatmoqda. Eng qimmat narxlar esa Yangi shahar bozori (Andijon), Buxoro, Navoiy, Guliston shahar Markaziy dehqon bozorlari, shuningdek, poytaxt bozorlarida – 4 ming so`m.
Shakar
4000 so`mdan 5 200 so`mgacha
Eng qimmat narxlardagi shakar Yangi (Andijon), Jizzax shahar markaziy dehqon bozorlarida – 1 kg. shakar 5 500 so`m. Eng arzoni esa Buxoro, Navoiy shahri “Sahovat” MChJga qarashli markaziy dehqon bozorlarida – 4 ming so`m.
Tuxum
300 so`mdan 750 so`mgacha
Bu haftada ko`plab bozorlardagi tuxum narxlari o`rtacha 400-500 so`mdan sotilmoqda. Eng arzon narx Navoiy shahri "Saxovat" MChJga qarashli markaziy dehqon bozori hamda Namangan shahri "Sardoba" dehqon bozorida – 300 so`m. Eng qimmat narx "Farhod" dehqon bozori (Toshkent shahri)da 750 so`mdan sotilmoqda. E`tiborlisi, ushbu bozorda tuxumni 300 so`mdan ham xarid qilish mumkin.
Kartoshka
700 so`mdan 3000 so`mgacha
Guliston shahri Markaziy dehqon bozoridan 1 kg. kartoshkani 1500 so`mdan 3000 ming so`mgacha xarid qilish mumkin. O`tgan haftadagi ushbu narx saqlanib qolgan. Eng arzon narxlardagi kartoshka Qarshi shahri "Erqo`rg`on" dehqon bozorida – 700 so`m!
POMIDOR
2000 so`mdan 7000 so`mgacha
Poytaxtning "Farhod", "Mirobod" dehqon bozorlarida 1 kg. pomidor 3000 so`mdan 7000 so`mgacha sotilayotgan bo`lsa, "Qo`yliq" dehqon bozoridan ushbu mahsulotni 2000 ming so`mdan, "Yunusobod" dehqon bozoridan esa 1500 so`mdan xarid qilish mumkin.