AsosiyJamiyat

​"Bunyodkor" stadioni: bir tomonlama o`yin

'​"Bunyodkor" stadioni: bir tomonlama o`yin'ning rasmi

Toshkentdagi “Bunyodkor” stadioni (yaqinda “Milliy” nomini olgan) nafaqat poytaxtda yashovchilar, balki butun O`zbekiston aholisining g`urur bilan tilga oladigan go`shasi hisoblanadi. Ushbu me`moriy obidada futbol o`yinlari va turli mashg`ulotlar o`tkazish uchun barcha sharoitlar yaratilgan bo`lib, u nafaqat davlatimiz aholisini, balki xorijiy mehmonlarning ham e`tiborini o`ziga tortadi. Shu tufayli, shu kunlarda Internet tarmog`ida ushbu sport majmuasi qarzlar tufayli suv va elektr ta`minotidan uzilgani, va futbol bilan shug`ullanadigan bolalar ovqat tayyorlash uchun o`tin yoqayotganlari haqida tarqagan maqolalar, rosti, taajjubga solgandi.

Eslatib o`tamiz, “Bunyodkor” stadionining ochilishi o`zbek sporti va butun mamlakatimiz uchun unutilmas voqeaga aylangan edi.

Stadionga tashrif buyurib uni ko`zdan kechirgan UEFA sobiq rahbari Mishel Platini, FIFAning o`sha davrdagi rahbari Yozef Blatter unga yuqori baho berib, bu kabi inshootlar dunyoda juda kam ekanligini ta`kidlashgan.

Ko`pchilikda “Bunyodkor”ning kelajagi porloq ekani va unda muammolalar bo`lishi mumkin emasligi borasida shubha bo`lmagan. Ayniqsa, uning egasi davlatimizning ilg`or futbol klublaridan “Bunyodkor” bo`lsa va u sport majmuasida muntazam ravishda uyinlar o`tkazib tursa.

Biroq, O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 16 martdagi

“Futbolni yanada rivojlantirishi bo`yicha choralar to`g`risidagi” qaroriga muvofiq, “Bunyodkor” stadioni O`zbekiston Futbol Assosiasiyasi tasarrufiga o`tkazilgan edi. Avvalida, hech narsa bo`lmaganday tuyulgan edi. Xop, ta`sischi o`zgardi, xop, futbol klubi qoshida stadiondan foydalanish direksiyasi bor edi, endilikda u Futbol federasiyasi yurisdiksiyasiga o`tdi.

“Bunyodkor” stadioni direktor o`rinbosari Viktor Sumbaevning jurnalistlarga bergan intervyusida aytishicha, “Hozirda stadionni moliyalashtirish amalga oshirilmayapti.” Va uning fikricha, bunda aybdor... O`zbekneftgaz AJ. Chunki “ushbu vazifani bajarish davlatimiz rahbari va Vazirlar mahkamasi qarorlari bilan aynan O`zbekneftgazga yuklatilgan” ekan.

Janob Sumbaevning shikoyatiga ko`ra, futbol o`yinlarini o`tkazish uchun deyarli mablag` yo`q, chunki 35 ming tomoshabinga mo`ljallangan stadionga bor-yo`g`i 3-5 ming futbol ishqibozlari kelar ekan. Odamlarni jalb qilish uchun esa qolgan chiptalarni bepul tarqatishga to`g`ri kelayotgan ekan.

Umuman olganda, stadion direksiyasining da`vo va shikoyatlar ro`yxati juda uzun.

Biz erinmay hisob-kitob qilishga qaror qildik. Agarda, chiptalar eng past narhda, aytaylik, 5 ming so`mga sotilgan bo`lganida, bir o`yin uchun sotilgan chiptalardan 15 milliondan 25 million so`mgacha foyda qilish mumkin edi.

O`zbekneftgaz AJ ma`lumotiga ko`ra, “Bunyodkor” stadioni direksiyasiga moliyaviy ko`mak maqsadida shu yilning yanvar oyidan iyul oyiga qadar kompaniya4,5 milliard so`m ajratgan, avgust oyida esa – 746,4 million so`m, va shunda homiylik mablag`i jami 5,3 milliard so`mni tashkil qilgan.

Ushbu homiylik mablag`lari majmuaning umumiy holatini saqlash, ishchilar oylik maoshini to`lash, sport tadbirlarini tegishli darajada o`tkazish, hamda kommunal xizmati harajatlarini qoplash uchun mo`ljallangan edi.

Ko`rib turibmizki, O`zbekneftgaz AJ tomonidan ajratilgan mablag` ancha katta. Stadioning daromadi esa kanday? Ta`kidlash joiz, raqamlar juda kulgili.

2016 yilda stadion daromadi 1,9 milliard so`mni tashkil qilgan bo`lsa, 2017 yilda ushbu ko`rsatkich 1,3 milliard so`mgacha tushib ketgan, 2018 yilnig birinchi yarmida esa – stadion 200 millionga yaqin foyda ko`rgan xolos.

O`zbekneftgaz AJ Prezidentning mart oyidagi qaroriga muvofiq “Bunyodkor” stadionini qo`llab-quvvatlash maqsadida harajatlarning bir qismi kompaniya zimmasiga yuklatilganini tasdiqladi. Shuni ham inobatga olish kerakki, harajatlarning hammasini emas, balki bir qismini. Hujjatda aniq bir mablag` miqdori belgilanmagan.

Haqiqatdan ham, hujjat matni diqqat bilan o`rganilsa, stadionni moliyalashtirish manbalari orasida birgina O`zbekneftgaz AJ ko`rsatilmagan. Ro`yhatda sport majmuasi direksiyasi va “boshqalar manbalar” bor. Agar, shu yilning o`zida O`zbekneftgaz 5 milliarddan ortiq mablag` ajratgan bo`lsa, “Bunyodkor” stadioni binolari va inshootlaridan foydalanish direksiyasi MChJ tomonidan ajratilgan mablag` miqdori qancha? “Boshqa manbalar”dan esa qancha moliyaviy yordam kelib tushgan? Ushbu savollarga javoblar qoniqarli bo`lishi gumon.

Bir narsaga qo`shilmaslikning iloji yo`q, bizning mahalliy neft va gaz kompaniyasi boshqa masalalar bilan shug`ullanishi kerak, xususan, er osti boyliklarini qazib olishi, ularining qidiruvi bilan shug`ullanishi, ulardan ishlab chiqarilgan mahsulotlar bilan aholini ta`minlashi, hamda yirik investision loyihalarni moliyalashtirish. Va, ehtimol, hamma korxonlar kabi, kompaniya ham pullari va harajatlarini diqqat bilan hisoblashga majbur. Bu bozor iqtisodiyoti demakdir.

Biroq, stadion direksiyasining bu boradagi fikri ayro ko`rinadi. Ular o`ylashicha, majmua sarf-harajatlarini boshqa birov ko`tarishi zarur, ularning vazifasi esa – tashqaridan kelib tushgan mablag`larni sarflash. Buning turgan bitgani boqimandachilik! Bir tomonlama o`yining o`zi! Ayni nomli futbol klub tomniga aytilgan tanbeh, sport majmuasining hozirgi egalariga ham qaratilgani aniq.

“Kim aybdor?” degan savoldan “Nima qilish zarur?” degan savolga o`tilsa yaxshiroq bo`ladi. Va bunda xorij tajribasi diqqatga sazovor.

Stadion o`z harajatlarini qoplashi uchun uning doimiy ravishda tomoshabinlar bilan to`ldirish ko`rsatkichi kamida 70-80% ni tashkil qilishi zarur. Sobiq Sovet ittifoqi xududida bunga faqat Doneskdagi “Donbass Arena” stadioni erishgan. Rossiyada bu ko`rsatkich o`rtacha 20% arofida. O`zbekistonda esa bundanda past. Unday bo`lsa, sport maydonlari “qimmatbaho o`yinchoqqa” aylanib qolishi mumkinmi?

Unda masalaga boshqacha yondashuv zarur: tomoshabinlarni qanday yo`l bilan jalb qilish mumkin? Ingliz prmeer-ligasini oladigan bo`lsak, undagi barcha klublar va ularga qarashli stadionlar egalariga faqat daromad olib keladi. Ular bunga qanday erishadi?

Ular ishonadilarki, keng auditoriyaga mo`ljallangan stadionlar nafaqat harajatlarni qoplashga, balki katta daromad olib kelishga qodir. Masalan, ular tomoshabinlarni IT xizmatlari doirasini kengaytirish bilan jalb qiladilar. Hozirda tashrif buyuruvchilar uchun turli mobil ilovalar faol ravishda rivojlantirilmoqda: stadion xaritasi, statistika, bir vaqtda o`tkazilayotgan o`yinlarning matni va videouzatuvi.

Stadionning boshqa tadbirlarni o`tkazish imkoni borli uning jozibadorligini yanada oshiradi. Stadion maydoni boshqa sport tadbirlari (engil atletika, kurash, yakka kurash va boshqalar) yoki madaniy-hordik dasturlari (konsertlar, shoular) ni o`tkazish uchun tezkor o`zgartirish imkoni ega bo`lishi kerakligini inobatga olish zarur. Bu holatda, barcha jihatlarni hisobga olish kerak: tomoshabinlar o`rindiqlari va stadion maydonini qayta jihozlash, teleuzatuvni tashkil etish va havfsizlikni ta`minlash.

Gollandiyaning “Ayaks” klubi hammaga tanish. Ichki o`yinlarni klub “Amsterdam Arena” stadionida (hozirda stadion “Yoxan Kroyf” nomini olgan) o`tkazadi. Ushbu o`ta daromadli stadionning egasi Amsterdam munisipalitetidir. “Ayaks” chilar esa stadionda o`yin o`tkazishlari uchun anchagina ijara haqi to`lashadi.

1996 yilda 140 million evroga qurilgan bu stadion ishga tushirilganidan olti yil ichida harajatlarni qoplab bo`lgan. Bunga sabab, a`lo darajada ishlab chiqilgan va hisob-kitob qilingan loyihadir. Stadiondan uncha uzoq bo`lmagan joyda, munisipalitet tomonidan ajratilgan er maydonida 14 zalga ega kinoteatr, konsert zali va ko`plab do`konlar (hozirda ular jami 350tani tashkil qiladi), bir nechta restoran, mehmonxonalar, va transport tuguni qurilgan.

“Ayaks” o`yinlari uchun sotiladigan chiptalardan tashqari, kam bo`lmagan daromadni o`yinlar davomida sotiladigan abonement chiptalar va klubga taaluqli aksessuarlar, ichimliklar va eguliklar olib keladi.

Daromadning ko`p qismini vi va biznes klass xududlardagi o`rinlarga chiptalar olib keladi. 53 ming kishilik stadiondagi 5 ming o`rin biznes xududga, ya`ni 10% va 600 o`rin 60ta vip xududlarda joylashgan. Bunday bir joyning bir mavsum qiymati 100 ming evroga yaqin. Biznes xududiga abonement chiptasi 5 mingdan 6 ming evrogacha baholanadi. Bunday xududlardagi o`rinlarni sotish ikki barobar ko`proq daromad olib keladi, oddiy chiptalarni sotishdan yig`ilgan jami daromadni inobatga olganda ham.

Stadion xududida turli anjumanlar, simpoziumlar, ko`rgazmalar, avtosalonlar o`tkaziladi. Shuningdek, stadionni boshqa bayramlar uchun ham ijaraga olish mumkin.

Stadionning mashhur bo`lib ketishiga u erda o`tkaziladigan konsert va shoular ham o`z hissasini qo`shgani aniq. Stadionda birinchi bo`lib dunyoga mashhur qo`shiqchi Tina Tyorner konsert bergan. Ijrochining 1996 yil sentyabrda o`tkazgan uchta konsertiga jami 150 mingga yaqin odam kelgan. “Amsterdam Arena”ning tuzilishi boshidanoq bu kabi tadbirlarni o`tkazishga mo`ljallangan: maydondagi maysa o`ram shaklida yig`iladi - buning uchun 14 soat vaqt sarflanadi, va tomoshabinlar uchun qo`shimcha maydon ochiladi - shunday qilib stadionda o`tkaziladigan konsertlar mobaynida unga 68 ming kishiga odam sig`adi.

Shu kabi ommaviy tadbirlarni “Bunyodkor” stadionida ham o`tkazish mumkinku? Shubhasiz, mahalliy va horij estrada yulduzlarining konsertlarida tomoshabinlar stadioni to`ldirar edilar va chiptalar narhi ham poytaxt teatr maydonlaridagiga nisbatan ancha karmonbop bo`lardi.

Stadion daromad keltirishi uchun boshqa ko`plab yo`llar mavjud. Jumladan, majmuada ekskursiyalar o`tkazish, ovqatlanish joylarini to`g`ri tashkil qilish, va boshqalar.

Agar biz milliy futbol jamoasiga rag`barlik qilishga horijdan murabbiy yonlashni ep bilsak, unda “Bunyodkor” stadionini rivojlangan va daromadli joyga aylantirish uchun Toshkentga horijdan mutaxassislar va maslahatchilarni taklif qilishimiz mumkinku!

P.S. Ayrim Internet nashrlarning “Bunyodkor” sport majmuasi kommunal xizmatlardan qarzdorligi borligi tufayli suv va elektr ta`minotidan uzib qo`yilganligi to`g`risida tarqatgan shov-shuvli xabarlari aslida qalbaki. Bu holat ko`pchilik jurnalistlar tomonidan ham tasdiqlandi. Xunuk xabarlar tarqaganidan so`ng, ular stadionga tashrif buyurib, uning holati bilan yaqindan tanishdilar. Ma`lum bo`lishicha, elektr quvvati faqat bir marotaba kechasi o`chib qolgan, suv esa doim oqib turgan va futbol maydonlaridagi maysalar doimiy ravishda sug`orilib turgan. Va, albatta, yosh futbolchilar mashg`ulotlar davomida ovqat tayyorlash uchun o`tin yoqishmagan...

    Boshqa yangiliklar