AsosiyJamiyat

Bosh prokuratura 423 nafar fuqaroga uylarni xususiylashtirish masalasida yordam berdi (video)

'Bosh prokuratura 423 nafar fuqaroga uylarni xususiylashtirish masalasida yordam berdi (video)'ning rasmi

Aholini ijtimoiy qo`llab-quvvatlash va yashash sharoitini yaxshilash hamda mavjud muammolarini hal etishda amaliy yordam ko`rsatish maqsadida Bosh prokuratura tomonidan Toshkent shahrining Sergeli tumanida joylashgan 2 ta yotoqxonada yashovchi fuqarolarning murojaati bo`yicha ularning yashash joyiga mulk huquqini berish masalalari ko`rib chiqildi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati xabar qildi.

Aniqlanishicha, O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012 yil 18 oktyabrdagi farmoyishiga muvofiq, Sergeli tumani, Sputnik-4 mavzesi, 50-uyda joylashgan 2-sonli yotoqxona va Sergeli tumani, Quruvchilar mavzesi, 32-uyda joylashgan 3-sonli yotoqxona Toshkent shahar hokimligiga tasarruf etish huquqisiz o`tkazilgan.

Ushbu yotoqxonalardagi xonadonlar soni 134 tani tashkil etib, hozirda ularda 423 nafar fuqarolar istiqomat qilib kelmoqda.

Mutaxassislar tomonidan yuqoridagi yotoqxonalar o`rganilib, ularni turar joy toifasiga o`tkazish mumkinligi haqida xulosalar berildi.

Shu munosabat bilan Bosh prokuratura tomonidan yotoqxonalardagi xonadonlarni xususiylashtirish bo`yicha takliflar tayyorlanib, Vazirlar Mahkamasiga kiritilishi ta`minlandi. Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 11 avgustdagi farmoyishi qabul qilinib, unga ko`ra mazkur yotoqxonalar ularda uzoq yillar davomida istiqomat qilib kelayotgan fuqarolar manfaatida mulk huquqini belgilash bo`yicha zaruriy chora-tadbirlarni ko`rish uchun Toshkent shahar hokimligiga tasarruf etish huquqi bilan o`tkazildi.

O`z navbatida, Toshkent shahar hokimligi va Sergeli tuman hokimligining tegishli qarorlari qabul qilinib, ularga asosan yotoqxonalarning toifasi turar joyga o`zgartirildi va ularda uzoq yillar davomida yashayotgan fuqarolarga xonadonlarni xususiylashtirish imkoni paydo bo`ldi.


    Boshqa yangiliklar