Onlayn arizalarni va shartnomalarni rasmiylashtirish jarayoni ko`rib chiqilganda betob bo`lgani tufayli, band bo`lib vaqti bo`lmaganligi va boshqa uzrli sabablarga ko`ra mijozlarimiz avtosalonga shartnomalarni olib ketishlari uchun o`z vaqtida kela olmaslik holatlari tahlil qilindi.
Natijada, ba`zi mijozlarda ular ogohlantirilgandan keyin 3 ish kuni ichida salonga kelmaganligi sababli shartnoma bekor qilinishi holatlari kuzatildi.
Mazkur muammoni hal qilish va eng asosiysi mijozni shartnoma rasmiylashtirishini o`z vaqtida va qulay amalga oshirishi uchun “GM Uzbekistan” AJ tomonidan sayyor shartnoma rasmiylashtirish punkti bo`lgan yangi “O`zimiz boramiz” xizmati yo`lga qo`yildi.
Avtomobil xarid qilish (onlayn-navbat) uchun ariza bergan va avtosalondan telefon qo`ng`irog`i qabul qilgan poytaxtliklarning har biri 5 sentyabrdan boshlab “O`zimiz boramiz” xizmatidan foydalanishlari mumkin.






