Yo`lovchilar tashish uchun mo`ljallangan yo`nalishsiz taksilarni boshqarish uchun ham haydovchilik stajiga ega bo`lish talab etiladi, deb yozmoqda “Huquqiy axborot” kanali.
Yo`lovchilar tashish uchun mo`ljallangan yo`nalishsiz taksilarni boshqarishga haydovchilik guvohnomasida “V” ruxsat belgisi bo`lgan, 21 yoshga to`lgan, tibbiy ko`rikdan o`tgan va kamida uch yillik haydovchi stajiga ega bo`lgan shaxslar qo`yiladi.
Yo`nalishsiz taksilarning haydovchilari yo`nalishda ishlayotganda tegishli lisenziya kartochkasiga hamda yo`lga chiqishdan oldin avtotransport vositasining belgilangan tartibda texnik ko`rikdan va haydovchilarning tibbiy ko`rikdan o`tkazilganligi to`g`risida belgilar qo`yilgan yo`l varaqasiga ega bo`lishi kerak.






