AsosiyDunyo

"Santa-Barbara" serialining yulduzi olamdan o`tdi

' "Santa-Barbara" serialining yulduzi  olamdan o`tdi 'ning rasmi

“Santa-Barbara” serialining yulduzi Syuzan Braun 87 yoshda Amerikada olamdan o`tdi, deb xabar berdi Vesti.ru nashri.

Aktrisaning vafot etganligini ijrochi prodyuser Frenk Valentini ham tasdiqlagan. U o`zining Twitter sahifasida Syuzan Braunning yaqinlariga ta`ziya izhor etgan.

Aktrisa o`z karerasini 1977 yilda boshlagan. U bizga “Santa-Barbara” serialidagi Viktoriya Leynning onasi Janet Leyn roli orqali yaxshi tanish. U 2004 yilda “Bosh gospital” serialidagi roli bilan o`z aktyorlik faoliyatiga nuqta qo`ygan edi.

"Santa-Barbara" seriali 2137 seriyadan iborat bo`lib, Amerikada 1984 yilning 30 iyulidan boshlab, 1993 yilning 15 yanvariga qadar davom etgan. Mazkur serial Snata-Barbara shahrida yashovchi Kempvellar oilasining hayoti haqida hikoya qiladi.

    Boshqa yangiliklar