AsosiyDunyo

Sochida samolyot halokatga uchradi (Video)

'Sochida samolyot halokatga uchradi (Video)'ning rasmi

Shanba kuni kechasi, Moskva-Sochi yo`nalishida parvozni amalga oshirayotgan “YuTeyr” aviakompaniyasiga qarashli Boeing 737-800 samolyoti qo`nayotgan vaqtda yo`lakdan chiqib ketdi, oqibatida qanoti va shassisi sinib, chap dvigatelida yong`in chiqdi, deb xabar berdi Ria.ru nashri.

Samolyot bortida 166 nafar yo`lovchi va 6 nafar ekipaj a`zosi bo`lgan. Ular orasida qurbon bo`lganlar yo`q, biroq bir nafar aeroport xodimi halok bo`lgan. 18 kishi jabrlangan. Ayni paytda mazkur holat yuzasidan jinoiy ish qo`zg`atildi.

Sochi aeroportida yo`lovchilarning yuklari to`liq egalariga topshirilgan.





Boshqa yangiliklar