U2 guruhining yakkaxoni Bono konsert vaqtida ovozini yo`qotganligi sababli Berlindagi konsertini bekor qildi, deb xabar berdi Ria.ru nashri.
Voqea 1 sentyabr kuni Mercedes-Benz Arena maydonida o`tkazilayotgan shouda yuz bergan. Shou oldidan Bononing o`zi ham ovozi ham a`lo darajada bo`lgan. Biroq 2 ta qo`shiqdan keyin uning ovozi chiqmay qolgan. Shundan keyin konsert bekor qilingan.
Guruh a`zolarining aytishicha, Bonoga nima bo`lgani noma`lum, hozirda u shifokorlar ko`rigidan o`tmoqda. Bono ovozi chiqmay qolgandan keyin tomoshabinlarga qarata “ Men hech qachon tamaki chekmaganman, ammo hozir xuddi ashaddiy kashanda kabi ovozim bo`g`ilib qoldi...” deya uzr so`ragan va tutun chiqaruvchi mashinani o`chirishni iltimos qilgan.






