AsosiyDunyo

Italiyada pichoq ko`targan ayol o`tkinchilarga hujum qildi

'Italiyada pichoq ko`targan ayol o`tkinchilarga hujum qildi'ning rasmi

Italiyaning shimolida joylashgan Kanneto-sul-Olo shahridagi kommunal muzeyi binosiga adekvat holatda bo`lmagan ayol pichoq ko`tarib kirib, tashrif buyurganlarga hujum qildi, deb xabar berdi Ria.ru nashri.

Shundan keyin ayol ko`chaga chiqib, o`tkinchilarga pichoq o`qtalgan. Hujum oqibatida 4 kishi yaralangan, ulardan biri 54 yoshli ayol olgan tan jarohati oqibatida kasalxonada vafot etgan. Boshqa jabrlanganlarning ahvoli qoniqarli darajada.

Voqea joyiga etib kelgan polisiyachilar muzey atrofini o`rab olishgan. Ayol qo`lga olingan. Aniqlanishicha, u 58 yoshli, Polsha fuqarosi bo`lgan. Hozirda voqea tafsilotlari o`rganilmoqda. Uni qo`lga olgan polisiyachilarning aytishicha, ayolning ko`zi kosasidan chiqqudek, qo`rqinchli bo`lgan.

    Boshqa yangiliklar