AsosiyDunyo

Kam uchraydigan kasallik tufayli hind ayolining qo`li 180 darajaga aylanadigan bo`lib qoldi

'Kam uchraydigan kasallik tufayli hind ayolining qo`li 180 darajaga aylanadigan bo`lib qoldi'ning rasmi

Hindistonlik ayol juda kam uchraydigan Gorxem kasalligiga chalinganligi sababli elka suyaklaridan ajraldi, deb xabar berdi lenta.ru nashri.

Hindistonning Pondicherri shahrida yashochi, hozirda ismi-sharifi sir tutilayotgan 37 yoshli ayol elkasidagi kuchli og`riqlar tufayli shifokorlarga murojaat qildi. U uch oydan beri elkasi og`rib, chap qo`lini qimirlata olmayotganidan shikoyat qilgan.

Ayolning elkasini tekshirib ko`rgan mutaxassislarni uning judayam yumshoqligi, bemor qo`lini orqaga bemalol aylantirishi o`ylantirib qo`ydi. Rentgen natijalari esa elka va kurakni birlashtiruvchi suyakning yo`qolib qolganligini ko`rsatdi. Magnit-rezonans tomografiyasi ham bu holatni tasdiqladi.

Nogiron bo`lib qolishdan qo`rqqan ayol operasiyadan bosh tortdi. Oradan 2 yil o`tganiga qaramay, kasallik xuruj qilmagan, shundan keyin ayol shifokorlar ko`rigiga qatnashdan batamom to`xtagan.

    Boshqa yangiliklar