AQShning Kaliforniya shtatidagi Kolorado daryosida ikki qayiqning to`qnashuvi oqibatida bir kishi yo`qoldi, 13 kishi tan jarohati oldi, deb xabar berdi RIA Novosti nashri.
Manbaning xabar berishicha, qayiqlar shanba kuni kechqurun mahalliy vaqt bilan soat 20.00 da dam olish zonasi yaqinida to`qnashgan.
Qutqaruv xizmatining ma`lumotiga ko`ra, bir yoki ikki kishi bedarak yo`qolgan, taxminlarga ko`ra ular cho`kib ketgan. Og`ir tan jarohati olgan bir kishi kasalxonaga yotqizilgan, 12 kishi engil jarohatlangan.
Voqea kun botish arafasida sodir bo`lgani uchun qutqarish ishlari qiyinlashgan. Jabrlanganlarning ba`zilari daryo tez oqqanligi sababli voqea joyidan bir yarim kilometr uzoqlikdan topilgan.






