AsosiyDunyo

Rossiyalik erkakning o`q uzishi oqibatida polisiyachi yaralandi

'Rossiyalik erkakning o`q uzishi oqibatida polisiyachi yaralandi'ning rasmi

Bugun Rossiyaning Sverdlovsk viloyatidagi Krasnoturinsk shahrida hech qaerda ishlamaydigan erkakning o`q uzishi oqibatida polisiya xodimi yaralandi, deb xabar berdi Rossiya hududiy IIVning matbuot xizmati rahbari Valeriy Gorelix.

Erkak besh qavatli uyning balkonida turgancha, betartib ravishda o`q uzgan. Voqea joyiga etib kelgan polisiyachilardan birining oyog`iga o`q tegib, yaralangan.

Aniqlanishicha, jinoyatchi 1978 yilda tug`ilgan bo`lib, voqea yuz berishidan ilgari uyning qarshisida joylashgan qo`riqlash xizmati ofisidagi xodimlar bilan erkak o`rtasida janjal bo`lib o`tgan.

Holat yuzasidan jinoiy ish qo`zg`atilgan.

    Boshqa yangiliklar