Amerikaning G`arbiy Virjiniya shtatidagi Xantington shahri WSAZ telekanali ob-havo ko`rsatuvi boshlovchisi Chelsi Ambris hamkasbi Erika Bivensni kaltaklashda ayblanmoqda, deb xabar berdi RIA novosti nashri.
Bivens okrug sudiga da`vo arizasi bilan murojaat qildi. Berilgan zarba tufayli Bivensning bosh suyagi singan, quloq pardasi yirtilgan. Ularning janjaliga rashk sabab bo`lgan.
Bivens hamkasbidan turmush o`rtog`ini rashk qilgan. Shundan keyin ayollarning o`rtasida janjal ko`tarilgan.
Agar Ambrisning aybi isbotlansa, u bir yilga ozodlikdan mahrum etilib, 500 dollar miqdorida jarima to`laydi.






