Koinot hali olimlar javobini topmagan sir-sinoatlarga to`la, deb xabar berdi Trendymen nashri.
Ulardan eng hayratlanarlisi hech narsasi bo`lmagan Eridan bo`shlig`idir. U Erdan 3 milliard yorug` yili uzoqligida joylashgan. Somon yo`li 100 000 yorug`lik yiliga joylashadigan bo`lsa, Eridan hududi osonlik bilan bizning galaktikamizga o`xshagan joyning 10 000 tasiga sig`adi.
Bu hudud juda vahimali bo`lib, go`yo kimdir koinotda biror loyihani amalga oshirish uchun bo`shatib qo`ygandek taassurot qoldiradi.
Shunisi qiziqki, standart kosmologiya bunday fazoviy bo`shliq qaerdan paydo bo`lganiga izoh bera olmaydi. Ba`zi bir fiziklarning taxminiga ko`ra, bu biznikidan tashqarida bo`lgan boshqa olam alomatidir.






