Yaponiyada ishchi kuchi etishmaganligi sababli Nileworks kompaniyasi Nile T-18 nomli, ekin ekishga, dalaga ishlov berishga mo`ljallangan dronni yaratdi, deb xabar berdi Life.ru nashri.
Dronni iPad orqali uzoq masofadan turib, boshqarish mumkin. Yangi qurilma aviasiya va odamlar xizmatidan voz kechgan holda, mustaqil ravishda ekin ekish, dorilash va ekinni qo`riqlash vazifalarini bajaradi.
Bunday dronning eng kichigi 36 ming dollar, kattasi esa 136 ming dollar turadi. Katta dron zaryadlangan akkumulyator yordamida 20 daqiqa davomida 1 gektar erga urug` qadashi yoki pestisid bilan ishlov berishi mumkin.






