AsosiyDunyo

Dunyoning eng keksa odami

'Dunyoning eng keksa odami'ning rasmi

Yaqinda 118 yoshni qarshilagan boliviyalik onaxon dunyoning eng keksa odami hisoblanadi, deb xabar berdi Life.ru nashri.

118 yoshga kirganiga qaramay, keksa ayol o`zining ona tili hisoblanmish kechua tilida qo`shiqlar kuylaydi, kichkina gitarada musiqa chaladi. U Sakaba qishlog`ida istiqomat qiladi.

Uzoq umri davomida Juliya Flores Kolk ikkita Jahon urushi, Boliviya inqilobiga guvoh bo`lgan. Mavjud hujjatlarga ko`ra, Juliya Flores Kolk 1900 yilning 26 oktyabrida tavallud topgan. Hozirda u dunyoning eng keksa odami hisoblanadi. Shunga qaramay, Juliya Ginnesning rekordlar kitobiga kirish uchun talabnoma yubormagan. U hatto bunday kitob borligini bilmaydi ham.

    Boshqa yangiliklar