Braziliya terma jamoasi sobiq hujumchisi Ronaldo rasman Ispaniyaning “Valyadolid” klubi prezidenti sifatida e`lon qilindi, deya xabar bermoqda Rambler nashri.
Avvalroq sobiq hujumchi klubni xarid qilish uchun 30 mln. evro sarflashi va bu bilan klubning 25 mln. evrolik qarzini yopishi haqidagi xabarlar tarqalgan edi. Endilikda Ronaldo bosh aksioner hamda prezident hisoblanadi.
– Bizning maqsadimiz – klubni rivojlantirish.Buning uchun qo`limdan kelgan barcha ishni qilaman, – deydi Rornaldo.






