AsosiyDunyo

Afrikada qurol-aslaha ombori portladi

'Afrikada qurol-aslaha ombori portladi'ning rasmi

Janubiy Afrikaning Keyptaun shahri yaqinida portlash sodir etildi, deb xabar berdi Rentv.ru nashri.

Mazkur hodisa qurol ishlab chiqariladigan va saqlanadigan binoda ro`y berdi. Shundan so`ng, kelib chiqqan yong`in tufayli bino ichidagi katta miqdordagi qurol-aslahalar yo`q bo`ldi. Portlash natijasida 8 kishi qurbon bo`lgan. Shuningdek, yana bir necha kishi jarohat oldi. Voqea sabablari hozircha noma`lum.

– Falokat tufayli katta miqdorda moliyaviy zarar ko`rildi. Biroq eng achinarlisi, kamida 8 kishining qurbon bo`lganidir. Hayriyatki, yong`in ham vaqtida o`chirildi. Aks xolda fojia talofatlari yanada kattaroq bo`lishi mumkin edi, – deydi qurol-aslaha ombori mutasaddisi.

Portlashning uyushtirilgani yoki baxtsiz hodisa ekanligi yuzasidan tergov-surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

    Boshqa yangiliklar