AsosiyDunyo

Hindistondagi suv toshqinlari tufayli yangi nomdagi kasallik avj oldi

'Hindistondagi suv toshqinlari tufayli yangi nomdagi kasallik avj oldi'ning rasmi

Hindistonning bir nechta shtatlarida suv toshqinlari hamon davom etmoqda, deb xabar qildi The Sun nashri.

Karela shtatida suv toshqinlari avgust oyidan beri davom etmoqda. Hozirgacha toshqin minglab odamlar hayotiga salbiy ta`sir ko`rsatgan. Sog`liqni saqlash vazirligi bergan ma`lumotlarga ko`ra, suv toshqinlari tufayli bakteriyalar tarqalmoqda. Bu esa yuqumli kasalliklarning ko`payishiga olib kelgan.

Bakteriya suv orqali yuqadi. Mazkur virus alomatlari bilan yuzlab odamlar shifokorlarga murojaat qilishmoqda. Rat-isitma deb nomlangan mazkur kasallikka 300 dan ortiq odam chalingan. Bakteriya tufayli o`lim holatlari ham qayd etilgan. Unga qarshi kurashish va oldini olish uchun 2.81 milliard dollar miqdorida mablag` ajratildi. Joylarda ommaviy emlanishga tayyorgarlik ko`rilmoqda.

    Boshqa yangiliklar